O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda issiq va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg`ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-41° atrofida bo`lib, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 43° gacha isiydi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.Havo harorati 39-41° atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, bayzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo`ladi.






