AsosiyJamiyat

O`zbekistonda foydalanilgan vaksina miqdori 3,8 million dozadan oshdi

'O`zbekistonda foydalanilgan vaksina miqdori 3,8 million dozadan oshdi'ning rasmi

1 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 155019 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 98241 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 27826 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 28952 nafarni tashkil qildi.

 

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 3835380 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 2256286 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 1252097 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 326997 nafarni tashkil qildi.  

 

1 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (20958 doza),
  • Farg`ona viloyati (20051 doza),
  • Namangan viloyati (16515 doza),  
  • Andijon viloyati (15068 doza)

band qildi.  

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

Namangan viloyatida 458830 doza,  

Farg`ona viloyatida 443652 doza,  

Andijon viloyatida 423884 dozani tashkil qilmoqda.  

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar