AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari havo harorati me`yordan 5-8 daraja yuqori bo`lishi kutilmoqda

'Dam olish kunlari havo harorati me`yordan 5-8 daraja yuqori bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Soha mutaxassislarining xabar berishicha, 3-5 iyul kunlari O`zbekiston hududida issiq ob-havo saqlanib qoladi, kunduzgi vaqtlarda havo harorati 39-41 daraja, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 42-44 darajagacha issiq bo`ladi.

6-8 iyul kunlari Eron mintaqalaridan issiq havo oqimining kirib kelishi tufayli respublikamizda issiqlikning oshishi kutilmoqda.

Shu kunlari havo harorati iqlim me`yoridan 5-8 daraja yuqori bo`ladi.

Kunduzi vaqtlarda havo 41-43 daraja, shimolda, janubda va cho`l hududlarida 44-46 darajagacha issiq bo`ladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-26, kunduzi 39-41 daraja issiq bo`ladi.  

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 39-44 daraja issiq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 39-44 daraja issiq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28, kunduzi 39-44 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 29-34 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar