AsosiyJamiyat

"12 ta bog`, 25 ta yashil hudud va ..." Toshkent shahri ko`kalamzorlashtiriladi

'"12 ta bog`, 25 ta yashil hudud va ..." Toshkent shahri ko`kalamzorlashtiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalar tashabbusi  va Toshkent shahar hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Transport vazirligi, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida “Toshkentni ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish – dolzarb vazifa” mavzusida OAV bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda poytaxtimizda amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi va kelgusida bu borada amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma`lumot berildi.

Tadbirda fqin muddatda poytaxtni yashillashtirish maqsadida amlga oshiriladigan rejalar xususida ma`lum qilindi. Xususan:

– Toshkentda obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, manzarali daraxtlar va gullarni ekish, yashil hududlarni muhofaza qilish va kengaytirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Poytaxtda 22 ta bog`, 15 ta rekreasion hudud, 20 ta sayilgoh, 130 km dan ortiq piyodalar va 100 km ga yaqin velosiped yo`laklari mavjud;

– poytaxtdagi hayot sifatini oshirish uchun 2023 yilga qadar yashil hududlar ko`lamini 30% gacha kengaytirish rejalashtirilgan;

– Prezident topshirig`iga muvofiq, 2021-2022 yillarda poytaxtimizning 524 ta mahallasida yashil hududlarni sug`orish uchun 1500 ta quduqni burg`ulash, 130 km piyodalar va 117 km velosiped yo`laklarini qurish, 12 ta bog`, 25 ta yashil hudud va saylgohlarni tashkil qilishga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;

– Toshkent shahrida umumiy 140 ga maydonga ega bo`lgan attraksionlarsiz bog`larni va har bir tumanda kichik yashil bog`larni tashkil qilish rejalashtirilgan;

– loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida aholi fikri va takliflari inobatga olinadi.

Tadbir davomida jurnalistlarga yangi bog`lar, sayilgohlar, velosiped va piyodalar yo`laklarining birlamchi loyihalari taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar