AsosiyJinoyat

Termizda 50 sotix erni o`ziga tegishli ekanligiga ishontirib 150 mln so`mga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Termizda 50 sotix erni o`ziga tegishli ekanligiga ishontirib 150 mln so`mga sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir  o`tkazildi. 

Unnda, fuqaro N.Q. firibgarlik yo`li bilan daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro O.ni “Yangiobod” MFYda joylashgan 50 sotix er maydoni o`ziga tegishli ekanligiga ishontirib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 150 mln so`mga sotishga kelishib, shundan 84 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan  ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar