AsosiyJamiyat

Ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalari tashkil etiladi

'Ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalari tashkil etiladi'ning rasmi

2 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rahbari  Zayniddin Nizamxodjaev boshchiligida navbatdagi majlis bo`lib o`tdi.  Unda  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bilan bog`liq  normativ-huquqiy hujjatlariga o`zgartish hamda qo`shimchalar kiritishga doir masalalar muhokama qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Pandemiya sharoitiga qaramasdan bu yil ham Saylov kodeksining 10-moddasiga binoan, O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin.

Qayd etilishicha,  chet davlatlarda istiqomat qilib turgan O`zbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat`i nazar, saylovchilar ro`yxatiga kiritish tartibi, xorijiy mamlakatlarda ular yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko`chma qutilar orqali ovoz berishining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi.

Boshqa yangiliklar