Ijtimoiy tarmoqda "Bo`stonliqda "Lasetti" daraxtga urildi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.
Xabarga ko`ra, 28 iyun kuni Toshkent viloyati, Bo`stonliq tuman hududidan o`tgan 4R-12 avtomobil yo`lining 47-kilometrida, haydovchi "Lasetti" rusumli avtomobilni boshqarib borayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo`qotib, yo`lning o`ng tomonidagi daraxtga borib urilgan.
Natijada, yo`lovchi, 1991 yilda tug`ilgan J.M. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limida vafot etgan hamda ikki nafar yo`lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Bo`stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






