AsosiyJamiyat

O`zgidromet ob-havo haqida berayotgan ma`lumotlar yolg`onmi? Rasmiy munosabat bildirildi

'O`zgidromet ob-havo haqida berayotgan ma`lumotlar yolg`onmi? Rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “ob-havo ma`lumotlariga kim ishonadi?” savollarga O`zgidromet munosabat bildirdi.

 150 yildirki havo harorati Selyaninov budkasi ichiga o`rnatilgan teromometr ko`rsatgichlari yordamida aniqlanadi. 

Havo harorati - 2 metr yuqoriga o`rnatilgan taxtali quticha ichidagi termometr ko`rsatgichlari yordamida o`lchanadi. Bu quticha, "psixrometrik budka" yoki "meteorologik budka" ham deyiladi. Budka 1,75 metrli qo`zg`almas, mustahkam temir tayanchlari ustiga o`rnatiladi. Budka ichida vertikal ko`rinishdagi termometr (TM-4) lar havo harorati qiymatini ko`rsatsa, gorizontal holatdagi termometr (TM-1 va TM-2) lar sutka davomida kuzatilgan maksimal va minimal havo harorati qiymatlarini qayd etadi. Ba`zan budka ichiga havo nisbiy namligi o`zgarishini aniqlab boruvchi uskuna ham joylashtiriladi.

Yoz oylarida havo haroratining inson o`rtacha tana harorati (+36,6℃) dan yuqorilab ketishi kishilarda Ob-havo xizmatlari berayotgan yoki prognoz qilayotgan havo harorati qiymatlarida shubhali raqamlar ko`rsatayotgandek ishonqiramaslikni yuzaga keltiradi.

Havo harorati - bu, aynan 2 metr yuqoridagi atmosferadagi havoning haroratidir. Qandaydir, devorga ilingan yoki asfalt, temir darvoza ustidagi termometrdagi ko`rsatgich emas. Ular ko`rsatgan qiymat, havo haroratini bermaydi. qizib turgan qandaydir jism sirtidagi haroratni ko`rsatadi. Havo harorati tushunchasi to`g`risida boshqa o`lchovlar bilan chalg`imaslik va yanglish fikrlar yuritmaslik lozim.

    Boshqa yangiliklar