AsosiyJamiyat

Aydar-Arnasoy ko`llar tizimida noqonuniy baliq ovlayotganlar ushlandi

'Aydar-Arnasoy ko`llar tizimida noqonuniy baliq ovlayotganlar ushlandi'ning rasmi

Aydar-Arnasoy ko`llar tizimida ancha miqdordagi baliqlarning noqonuniy ovlanishining oldi olindi, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, fuqaro A.X. va boshqalar ov qilish taqiqlangan mavsumda noqonuniy usulda baliq ovlanayotgan vaqtida ushlanib, ulardan 47 bosh turli xil baliqlar, 4 dona motorli qayiq va 3 000 metr taqiqlangan “Leska” to`rlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, tadbirda noqonuniy baliq ovlayotgan fuqarolar tomonidan suv havzasiga tashlangan to`rlar ko`tarilib tekshirilganida, ushbu to`rlarga 100 boshdan ortiq baliqlar ilinganligi aniqlanib, hayvonot dunyosiga qo`yib yuborilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar