AsosiyJamiyat

Samarqandda dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor (video)

'Samarqandda dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor (video)'ning rasmi

2021 yil 01 iyul kuni soat 12:00 larda, Payariq tumani “Eshmonsoq” MFY hududidan o`tuvchi 4R-48 avtomobil yo`lining 26 km.da harakatlanib kelayotgan, “Jizzax-Gagarin-Samarqand-Payariq” yo`nalishida aholiga xizmat ko`rsatuvchi avtobusning yo`liga, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli transport vositasining chiqib ketishi natijasida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

To`qnashuv natijasida, “Damas” ichida bo`lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar