AsosiyJamiyat

O`zbekistonda foydalanilgan vaksina miqdori 4 million dozaga yaqinlashdi

'O`zbekistonda foydalanilgan vaksina miqdori 4 million dozaga yaqinlashdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 134 ming dozadan ortiq vaksina qo`llanilib, emlash jarayonlarida foydalanilgan vaksina miqdori 4 million dozaga yaqinlashdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

2 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 134294 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 78216 nafarni,  

2-bosqich emlanganlar 27268 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 28810 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 3969674 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 2334502 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 1279365 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 355807 nafarni tashkil qildi.  

2 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

Namangan viloyati (17523 doza),

Farg`ona viloyati (15607 doza),

Andijon viloyati (15345 doza),

Samarqand viloyati (13949 doza)band qildi.  

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

Namangan viloyatida 476353 doza,  

Farg`ona viloyatida 459259 doza,  

Andijon viloyatida 439229 dozani tashkil qilmoqda.  

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar