Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning koronavirusga chalingani hamda davolanish uchun Toshkent shahriga jo`nab ketgani ma`lum bo`ldi. Bu haqdagi xabarni tasdiqlagan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Olim Jo`raev ma`lumotlariga asoslanib Daryo ma`lum qildi.
Matbuot kotibining ta`kidlashicha, Botir Zaripov aholi va fuqarolar bilan uchrashuvlarda har doim ular bilan yaqin masofada bo`lib kelgan:
«Odamlarni shu qadar yaxshi ko`radi va o`ziga juda yaqin oladi. Ularga hurmat va ehtirom sifatida qo`l cho`zib ko`rishadi, yoshi keksa otaxon-onaxonlarga elka tutadi. Bu esa shuncha himoyalanishga qaramay, kasallikning engil formasini yuqtirishiga olib kelgan bo`lishi mumkin», — deydi axborot xizmati rahbari.
Viloyat rahbari aholi bilan uchrashuvlarda niqobsiz bo`lgan.






