AsosiyJamiyat

Turar-joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reestrini yuritish tartibi joriy qilindi

'Turar-joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reestrini yuritish tartibi joriy qilindi'ning rasmi

Turar-joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi joriy qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan Turar-joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi to`g`risida tegishli Nizom tasdiqlangan bo`lib, bunda amaldagi avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturda (keyingi o`rinlarda — Dastur) ijaraga beriladigan turar-joylar va yashovchilar hisobini yuritish, shuningdek, ularni sertifikatlashtirish va Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reestrini yuritishning tartibi belgilangan.

Ushbu Nizomga ko`ra:

• jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan, turistlarga o`ttiz kungacha ijaraga beriladigan turar-joylarni ro`yxatga olishda O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi bilan o`zaro hamkorlik qilishga;

• jismoniy va yuridik shaxslar tasarrufida bo`lgan, turistlarga o`ttiz kungacha ijaraga beriladigan turar-joylarni ro`yxatdan o`tkazishda;

(O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi turistlarni o`ttiz kundan ortiq bo`lmagan muddatga vaqtincha ro`yxatdan o`tkazishda, hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish hollari bundan mustasno);

• turistlarga ijaraga beriladigan turar-joylarni, shu jumladan ijarachilarni soliqqa solish va turistlarni turgan joyi bo`yicha o`ttiz kungacha vaqtincha ro`yxatdan o`tkazish uchun turar-joylarning ma`lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishga;

• ijaraga beriladigan turar-joylarni sertifikatlashtirishga tatbiq etiladi.

Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reestri (keyingi o`rinlarda — Reestr) — O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi «Turizm xizmatlarni sertifikatlash markazi» davlat unitar korxonasi (keyingi o`rinlarda — Markaz) tomonidan yuritiladigan ijaraga beriladigan Turar-joylar to`g`risida ma`lumotlar bazasida amalga oshiriladi.

Bunda ijaraga beriladigan turar-joy belgilangan normativ talablarga javob berishi lozim.

Turar-joy ijarasi elektron shaklda Dastur orqali amalga oshiriladi.

Xususan, turar-joyni sertifikatlash va Reestrga kiritish arizani Dasturda ro`yxatdan o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Arizachi turar-joyni sertifikatlash va Reestrga kiritish uchun internet tarmog`ida onlayn rejimda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:

• arizachining pasport ma`lumotlari — jismoniy shaxslar uchun;

• davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnoma nusxasi — tadbirkorlik subektlari uchun;

• ko`chmas mulkka bo`lgan huquqining davlat reestridan ko`chirma.

Reestr ma`lumotlar bazasi onlayn rejimda yangilanadi.

Reestr Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan holda elektron shaklda yuritiladi.

Ijaraga beriladigan turar-joylarni sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda ularni Reestrga kiritish yo`li bilan amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar