Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bergan ma`lumotlariga ko`ra, Rossiya Federasiyasining Amur, Irkutsk viloyatlari, Buryatiya Respublikasi, Baykal orti o`lkasida quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha 400 ga yaqin bo`sh ish o`rinlari mavjud:
- Oshpaz (povar);
- Ishchi (raznorabochiy);
- Montajchi (montajnik);
- Opalubkachi (opalubshik);
- Beton ishlari (betonshik);
- Armatura ishlari (armaturshik);
- Suvoqchi-bo`yoqchi (shtukatur-malyar);
- Yordamchi ishchi (podsobny rabochiy);
- Pardozlovchi (otdelochnik universal);
- Ish boshqaruvchi (proizvoditel rabot);
- Elektr gaz payvandchi (elektrogazosvarshik);
- Haydovchi (S, D, E toifa) (voditel kategorii S, D, E);
- Kompressor operatori (mashinist kompressornx ustanovok);
- Avtomobil kran operatori (mashinist krana avtomobilnogo);
- Plitka terish (oblisovshik-plitochnik);
- Signal tizimining elektrmontaji 4-6 toifa (Elektromontajnik SSB);
- Elektr tarmoqlari bo`yicha mutaxassis (elektromontyor kontaktnoy seti);
- Po`lat va temir-beton konstruksiyalarni o`rnatish bo`yicha mutaxassis (Montajnik po montaju stalnx i jeleznobetonnx konstruksiy);
- Yuqori kuchlanishli havo liniyalarini o`rnatish bo`yicha elektrchi (elektromonter-lineyshik po montaju vozdushnx liniy vsokogo napryajeniya);
- Elektr jihozlarini ta`mirlash va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha elektr bo`yicha mutaxassis (elektromontyor po remontu i obslujivaniyu elektrooborudovaniy).
Tanlov o`tkaziladigan hududlar: - 5 iyul kuni – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Do`stnazarov ko`chasi, 64A-uy. Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosi. Murojaat uchun: (61) 222-53-32, (61) 222-53-34;
- 6 iyul kuni – Xorazm viloyati, Urganch shahri, Baynalminalchi ko`chasi, 6-uy. Viloyat "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Murojaat uchun: (62) 224-12-35;
- 7 iyul kuni – Buxoro shahri, Xalqlar do`stligi ko`chasi, 4-uy. Buxoro arxitektura va qurilish kolleji binosi. Murojaat uchun: (99) 708-49-98;
- 8 iyul kuni – Navoiy viloyati, Karmana tumani, Talqoq mahallasi. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta`minlash byurosi binosi. Murojaat uchun: (79) 224-11-60.