Namangan viloyati IIB axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 iyul kuni soat 14:25 larda, Toshkent-O`sh yo`lining 259 km.da Toshkent-Vodiy yo`nalishida harakatlanib kelayotgan, 1985 yilda tug`ilgan fuqaro DAF rusumli yuk avtomashinasini yarim tirkama bilan boshqarib borayotganida harakatni ta`minlay olmay, yo`lning o`ng chetidagi ariqqa ag`darilib ketadi. Natijada, avtomashina to`liq yonib ketgan. Haydovchi va yonida bo`lgan yo`lovchi, Buxoro viloyatida yashagan, 1985 yilda tug`ilgan fuqarolar voqea joyida vafot etishgan. Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 iyul kuni jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






