Dehqonobod tumanida shu yil 22 iyun kuni soat 21:00larda, viloyat IIB xodimlari tomonidan yana bir og`ufurushning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Dehqonobod tumani Tog`aytemir qishlog`ida yashovchi M.X. tumanning “Dehqonobod” MFY hududidagi “Avtoshoxbekat” yonida N.F.ga 1021,2 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 1.500 AQSh dollariga sotgan vaqtda viloyat IIB va tuman ichki shshlar bo`limi xodimlari tomonidan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.