AsosiyJamiyat

"Qonunsizlikning cho`qqisi" – Rasul Kusherbaev Surxondaryoda daraxtlar noqonuniy kesilayotganini ma`lum qildi

'"Qonunsizlikning cho`qqisi" – Rasul Kusherbaev Surxondaryoda daraxtlar noqonuniy kesilayotganini ma`lum qildi'ning rasmi

Denovda daraxtlar bilan bog`liq vaziyat biz o`ylagandan ko`ra jiddiyroq bo`lib chiqdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev o`zining telegram kanalida ma`lum qildi. 

"Tuman markazidagi Sharof Rashidov, Namozgoh mahallasidan o`tgan yo`l qatnov qismi va boshqa erlarda ham yuzlab (balki minglabdir) qimmatbaho daraxtlar oshkora kesib tashlangan, xatto o`tin sifatida sotuvga qo`yilganlari ham bor. Har qadamda kesilgan daraxt o`rniga duch kelib yig`lamoqdan beri bo`lasiz. Qonunsizlikning cho`qqisi.

Vaziyatga izox talab qilishning keragi ham yo`qmi deymanda. Chunki Surxondaryoda qonunlar ishlamasligi, mas`ullar qonun oldida javob bermasligiga  ko`pchiligimiz o`rganib ham qoldik. Prezident Farmoni ham oyoq osti qilmoqda, lekin hamma jim...

Bu hududning o`z qonuni borga o`xshaydi: yashasin qonunsizlik, o`lsin ona tabiat!",–degan deputat Kusherbaev. 

Boshqa yangiliklar