AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim vaziri talabalarga murojaat bilan chiqdi

'Oliy ta`lim vaziri talabalarga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

Avvalroq, koronavirusga qarshi emlash guruhiga talabalar ham qo`shilgani va vaksina olgan talabalarga to`lov-kontraktda chegirma berilishi haqida xabar bergan edik

Shu munosabat bilan Oliy ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalarga murojaat bilan chiqdi. 

"Assalomu alaykum, qadrli ota-onalar, aziz talabalar. Ko`rib turibmiz, bugun dunyo bo`ylab, xususan yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar ko`payib bormoqda. Bu galgi kasallanish nafaqat o`rta yosh, balki talaba yoshida bo`lgan yigit-qizlardayam ko`plab uchrayapti. Eng yomoni yosh bolalarda uchrayapti. Ya`ni ko`lami kengayib boryapti. Bunday sharoitda, har birimizda bu infeksiyaga qarshi kurash hissi bo`lishi kerak. Shu bois ko`plab davlatlarda  davolanish ham pullik, vaksina ham pullik. Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz topshirig`i bilan, Maxsus komissiya qaror qabul qildi. Ya`ni talabalar va oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari ham bepul vaksina oladigan toifaga qo`shildi. Qolaversa to`lov-shartnoma asosida o`qiydigan talabalarga 2021/2022 o`quv yilida shartnoma  mablag`laridan bir martalik chegirma berish topshirig`i ham berildi. Ushbu tartib faqatgina davlat emas, balki barcha davlat va nodavlat Oliy ta`lim muassasalariga tegishli.  

Azizlar, avvalo o`zimiz, jamiyatimizni asrashimiz kerak. Ko`chadagi har xil gap-so`zlarga berilmay ommaviy ravishda vaksinasiyada ishtirok etishimiz kerak",–degan vazir o`z murojaatida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar