1

O`zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq sabab Andijan-Toshkent-Andijon poezdlari harakat jadvaliga o`zgarish kiritildi

Jamiyat 04.07.2021, 22:22
O`zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq sabab  Andijan-Toshkent-Andijon poezdlari harakat jadvaliga o`zgarish kiritildi

Avval xabar berilganidek, ayni kunda mamlakatimizda anomal issiq havo kuzatilmoqda.
Bunday issiq havo paytida po`lat izlardagi harorat yanada yuqori bo`ladi. Shu bois, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2021 yil 4 iyul sanasida Andijon -Toshkent hamda Toshkent-Andijon yo`nalishlarida harakatini amalga oshirayotgan 59, 62-sonli  yo`lovchi poezdlarining harakat jadvalida o`zgarish bo`lib, o`z manziliga biroz kechikib borishi mumkin. 

Bu haqda xabar qilgan “O`zbekiston temir yo`llari”AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
                                                                                    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1