AsosiyJamiyat

“Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskani bo`yicha takliflarni qabul qilish muddati uzaytirildi

'“Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskani bo`yicha takliflarni qabul qilish muddati uzaytirildi'ning rasmi

2021 yil 31 mayda sotuvga qo`yilgan davlat aktivlari bo`yicha arizalarni topshirish  muddati  uzaytirildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyatidagi “Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskanlari bo`yicha talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021 yilning 15 iyuliga qadar uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan. 

Shu bilan birga, “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskaniga tutash hududda joylashgan Sport bazasi (Dor yo`li)ni qo`shib, butun majmua sifatida sotish masalasi o`rganib chiqilmoqda.

“Beldirsoy oromgohi” dam olish maskanining sotuv shartlari o`zgargan hollarda qo`shimcha e`lon beriladi.

    Boshqa yangiliklar