1

O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat keskinlashmoqda: bir kunda 475 bemor va 4 nafar o`lim qayd etildi

Jamiyat 05.07.2021, 10:06
O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat keskinlashmoqda: bir kunda 475 bemor va 4 nafar o`lim qayd etildi

Kecha yurtimizda 475 nafar kishida kasallik aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

2021 yil 4 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113072 (+475) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-19 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-26 nafari Andijon viloyatida,

-27 nafari Buxoro viloyatida,

-54 nafari Jizzax viloyatida,

-17 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-6 nafari Navoiy viloyatida,

-28 nafari Namangan viloyatida,

-44 nafari Samarqand viloyatida,

-26 nafari Sirdaryo viloyatida,

-29 nafari Surxondaryo viloyatida,

-25 nafari Farg`ona viloyatida,

-15 nafari Xorazm viloyatida,

-51 nafari Toshkent viloyatida,

-108 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 109068 (+304) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 751 nafarni tashkil qildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1