Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.A. va M.D.lar noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor A.ga choy sodasini “Germaniy” nomli kimyoviy moddasi deb aldab, 56 kg choy sodasini 78 400 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






