1

Namanganda GAI, PPS va haydovchi o`rtasidagi tortishuvi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Jamiyat 05.07.2021, 14:32
Namanganda GAI, PPS va haydovchi o`rtasidagi tortishuvi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Namangan viloyati Chortoq tumanida 5 iyul, dushanba kuni «GAI», «PPS» va haydovchi o`rtasida tortishuv yuzaga kelgani aytilgan videolavha yuzasidan munosabat bildirildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda «Chortoq tumanida GAI, PPS va haydovchi o`rtasida tortishuv yuzaga kelgani aytilmoqda» izohi bilan videolavha tarqalgan. Shundan so`ng Namangan viloyati IIB mazkur holatni o`rganib, munosabat bildirgan.

Ma`lum bo`lishicha, 4 iyul kuni soat 16:30 larda Chortoq tuman IIB xodimlari tumandagi Dehqon bozorida jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilib, xizmat olib borayotgan vaqtida shu tumanda yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro T.E. o`ziga tegishli bo`lgan «Cobalt» avtomashinasini to`xtash mumkin bo`lmagan joyga, ya`ni  markaziy chorraha o`rtasiga to`xtatib, avtomashinalar harakatiga xalaqit bergan.

Shu hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tuman IIB yo`l harakati xavfsizligi katta inspektori tomonidan uning oldiga kelib ushbu harakatlari bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 128-moddasi 6-qismini buzganligini tushuntirgan. Shuningdek, unga nisbatan ma`muriy bayonnoma tuzish aytilganida, fuqaro xodimning qonuniy talablarini bajarmay, avtomashinaga tegishli bo`lgan hujjatlarni taqdim etmasdan, baqir-chaqir qilgan. Hududga fuqarolar to`planishiga va hodisa ijtimoiy tarmoqqa tarqalishigi sababchi bo`lgan.

Ushbu holat yuzasidan Chortoq tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektori tomonidan fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik),194- (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 128-moddasi 6-qismi (Transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1