Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida aslida tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan 0,25 gektar erni fuqaro A.ga firibgarlik yo`li bilan sotishni rejalashtirib, tuman kadastr va davlat xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 70 mln so`mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.