AsosiyJamiyat

Qozog`istonda baxtsiz hodisaga uchragan fuqaro O`zbekistonga qaytarildi

'Qozog`istonda baxtsiz hodisaga uchragan fuqaro O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Namangan viloyatidan M.T oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sababli Qozog`istondagi qurilish ob`ektida ishlash maqsadida ketgan. Ish jarayonida baxtsiz hodisa sababli og`ir tan jarohati oladi va shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqaroga ko`rsatiladigan tibbiy xizmat jarayonlari tashkil qilingan.

Shuningdek, fuqaro salomatligi barqarorlashgandan so`ng, Olmaotadan Toshkentga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan tibbiy xodim kuzatuvida reanomobilda olib kelingan.

Boshqa yangiliklar