AsosiyJamiyat

Andijonda senator harakati bilan ehtiyojmand ayol uyining qurilishida amaliy yordam ko`rsatildi

'Andijonda senator harakati bilan ehtiyojmand ayol uyining qurilishida amaliy yordam ko`rsatildi'ning rasmi

2021 yil 18 may kuni ijtimoiy tarmok orkali Oliy Majlis Senati raisi T.Narbaevaga Andijon viloyatidan yolg`iz ona Shoiraxon Jalilova murojaat qilgan edi. Unda fuqaro Sh. Jalilova 10 yildan beri ijarada  yashab kelayotgani yozgan. Uyli bo`lishi uchun onasi to`g`ilib o`sgan Izboskan tumanidagi xovlisidan 0,04 sotix er ajratib bergan. Ammo  ushbu erda 2-xonali uy qurish uchun mablag`i va imkoniyati yo`qligini aytib, moddiy yordam so`rab murojaat qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, murojaatga asosan senator M.G`anieva Izboskan tuman Xalkparvar komissiyasi vakillari bilan xonadonga borib vaziyatni hamda amaliy yordam ko`rsatish barcha imkoniyatlarini o`rgangan. Senator mazkur fuqaro va uning onasi bilan joyda batafsil suhbatlashib, masalani o`z nazoratiga olgan.

Shuningdek, natijada Izboskan tuman hokimiyati va xomiylar xisobidan Sh.Jalilovaga 4 tonna sement, 40 dona shifer, 3-yuk mashina shag`al berilgan.

Bugungi kunda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

 

 

Boshqa yangiliklar