1

O`zbekiston va Tojikiston prezidentlari vaziyat keskinlashayotgan Afg`oniston masalasini muhokama qilishdi

Jamiyat 05.07.2021, 17:31
Teglar: O`zbekiston va Tojikiston Prezident
O`zbekiston va Tojikiston prezidentlari vaziyat keskinlashayotgan Afg`oniston masalasini muhokama qilishdi

Shavkat Mirziyoev 5 iyul kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi

Ta`kidlanishicha, davlat rahbarlari O`zbekiston–Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko`rib chiqqan hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashgan.

Shuningdek, mintaqada Afg`oniston yo`nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog`liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e`tibor qaratilgan. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta`kidlandi.

Shuningdek, prezidentlar bo`lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o`tkazish rejasini ko`rib chiqqan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1