1

"Ijtimoiy ahamiyatga ega emas" – Xatirchi tumani 2-maktab direktorining tarqalgan audiosi bo`yicha rasmiy munosabat berildi

Jamiyat 05.07.2021, 18:17
Teglar: Xatirchi tuman
"Ijtimoiy ahamiyatga ega emas" – Xatirchi tumani 2-maktab direktorining tarqalgan audiosi bo`yicha rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xatirchi tumani 2-maktab direktorini audiosi tarqalmoqda” sarlavhasi ostida murojaat e`lon qilingan. Xatirchi tuman hokimligi matbuot xizmati holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. 

“Xatirchi tumani 2-maktab direktorini audiosi tarqalmoqda” mavzusidagi audio yozuvi bo`yicha videorolik Xatirchi tumani XTBga qarashli 2-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori tarafidan “aytilgan” bir qator so`zlar  ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda o`zgarishlarga o`z g`arazli shaxsiy manfaatlarini ustun qo`ygan bir guruh shaxslar ishi ekanligi yaqqol ko`rinib turibdi.  

Xudoyberdieva Dilrabo Sharipovna  2018 yil noyabr oyidan buyon  2-umumiy o`rta ta`lim  maktab direktori vazifasida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Ungacha  Xatirchi XTB ga qarashli 85-umumiy o`rta ta`lim maktabida  ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor  o`rinbosari lavozimida  ishlab kelgan. Ushbu audioga aniqlik kiritilganda ushbu audio yozuv o`sha paytdagi maktab direktori bilan ish yuzasidan o`zaro  suhbatlari vaqtidan yozib olinganligi,  shaxsiy manfaatlar nazarda tutilib, bugungi kunda montaj qilinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib   yuborilganligi ma`lum bo`ldi.

Ushbu tarqalgan audio yozuvda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatovga bog`lanib gapirilgan holatlar bo`lsada,  aslida bu audio yozuv taxminan 2017-2018-yillarda tayyorlangan bo`lib, noma`lum shaxslar tomonidan bugungi kunda o`zgartirishlar kiritilgan holda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Haqiqatda bu audio yozuvda Xalq ta`limi vazirligi bilan bog`liq asoslarning mavjud emasligi va tizimda faoliyat olib borayotgan boshqa mutasaddilarga,  shuningdek  yurtimizda  ta`lim tizimida olib borilayotgan  keng ko`lamli islohotlarga hech qanday aloqasi  yo`qligini aytib Xatirchi tumani XTB o`z munosabatini bildiradi.

Qolaversa,  audio yozuvlar  jamlanmasi yozib olingan davrda Xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatovning  hozirgi vazir lavozimida faoliyat olib bormaganligini alohida ta`kidlab o`tish kerak. Audio yozuvdagi bildirilgan fikrlarga faqat bir tomonlama yondoshib, hech qanday asosga ega emasligiga e`tibor qaratshingizni so`raymiz.  

Bugungi kunda 2-maktab direktori D.Xudoyberdieva  etakchi rahbar sifatida maktab jamoasi bilan birdamlikda  ish faoliyati davomida ta`lim sifatini ko`tarib, bir qancha  yutuqlarga erishib kelayotganligini o`zi yuqoridagi audio yozuvning ijtimoiy ahamiyatga ega emasligini ko`rsatib turibdi.  

Xatirchi tumani XTB ushbu audio yozuvga o`zining rasmiy munosabatini bildirish davomida yana bir bor audio yozuv hech qanday dalillarga asoslanmaganligi hamda audio maktab direktori D. Xudoyberdievaning keyingi mehnat faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmasligini  alohida ta`kidlab o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1