AsosiyJamiyat

XTV maktab o`quv jarayonida yuritiladigan hujjatlar sonini kamaytirmoqda

'XTV maktab o`quv jarayonida yuritiladigan hujjatlar sonini kamaytirmoqda'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirining 2021 yil 1 iyuldagi buyrug`i bilan shu kunga qadar maktablarda yuritilgan 10 dan ortiq o`quv-pedagogik hujjatlar soni 2 baravarga qisqartirildi va elektron shaklda yuritilishi belgilandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

️ Endilikda soha xodimlari asosiy vaqtini “qog`ozbozlik” yoki hisobotga emas ta`lim sifatini oshirishga qaratadi.

  Eslatib o`tamiz, so`nggi 3 yilda:

  • O`qituvchilarning hujjatlari 7 dan 1 taga,  
  • Sinf rahbarlariniki 10 dan 2 taga,  
  • Psixologlarniki 27 dan 8 taga,  
  • Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlariniki 19 dan 4 taga qisqartirilgan.

Navbat o`quv jarayonlariga oid hujjatlarni qisqarishga etdi.  

 Mazkur buyruq bilan maktab hujjatlarini yuritish bo`yicha yo`riqnoma (5.12.2001 y.178-son buyrug`i) bekor qilinib, yangi yo`riqnoma tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar