AsosiyJinoyat

IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi

'IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Qo`ng`irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektori katta leytenant M.Jumaniyazovga Qo`ng`irot tumanida yashovchi fuqaro M.M. o`ziga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi bo`yicha hujjatlarni sudga yubormasdan ijobiy hal qilib berish evaziga 1 million so`m pullarni pora  taklif qilgan. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan profilaktika inspektori katta leytenant M.Jumaniyazov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asos, O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamenti Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumani bo`limi, tuman prokuraturasi va O`zbekiston Respublikasi IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 3 iyul o`tkazilgan tadbir davomida fuqaro M.M., katta leytenant M.Djumaniyazovning xizmat xonasida 930.000 (to`qqiz yuz o`ttiz ming) so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan  ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar