Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanida 18 may kuni ayol o`zaro janjal oqibatida erini pichoqlab qo`ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, holat Jarqo`rg`on tumanida 18 may kuni soat 21.00 larda, tumanning G`ur-g`ur mahallasida sodir bo`lgan. Shu mahallada yashovchi P.T. uyida turmush o`rtog`i Ch.M. bilan o`zaro janjallashib qolgan. Buning oqibatida Ch.M. qo`lidagi osh pichog`i bilan P.T.ning bilak sohasini tilib, «o`rtacha og`irlikdagi shikast» etkazgan.
Ma`lum qilinishicha, 19 iyun kuni Ch.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.