AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi mavjud onlayn rejimida ishlovchi fotoradarlar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar haqida ma`lumot berildi

'Toshkent shahridagi mavjud onlayn rejimida ishlovchi fotoradarlar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

IIV YHXBB axborot xizmati Toshkent shahri bo`yicha mavjud onlayn rejimida ishlovchi fotoradarlar va intellektual rejimida ishlovchi kameralar to`g`risidagi ma`lumotlar bilan bo`lishdi.

Unga ko`ra, poytaxtda mavjud onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar soni 28 tani tashkil etmoqda va ularning barchasi tezlikni belgilangan me`yordan oshirishga qaratilgan qoidabuzarliklarni qayd etadi. Onlayn fotoradarlarning eng ko`pi (5 tadan) Mirzo Ulug`bek, Chilonzor va Yashnobod tumanlaridagi yo`llarga o`rnatilgan. Olmazor va Bektemir tumanlarida esa ularning soni 1 tadan.

Intellektual rejimda ishlovchi kameralar soni esa 89 tani tashkil etmoqda. Ushbu kameralar svetoforning qizil chirog`ida harakatlanish, to`xtash va yo`l chiziqlarini bosish, to`xtab turish qoidalarini buzish, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketish kabi qoidabuzarliklarni qayd etadi.

Boshqa yangiliklar