2 iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani hududidan o`tuvchi M41 yo`lining 1591-kilometrida o`lim bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Ma`lum bo`lishicha, soat 03:30 larda Jarqo`rg`on—Termiz yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan Cobalt avtomobili qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan «KamAZ» yuk mashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. Oqibatda engil mashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan.\
Avariya yuk mashinasining Cobalt yo`liga chiqib ketishi, tong sahardagi charchoq va haydovchining tajribasi kamligi natijada yuzaga kelgan.