AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonning birinchi prezidentini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev  Qozog`istonning birinchi prezidentini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboevni tug`ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi, unga sog`lik, baxt va Qozog`iston xalqi manfaatlari yo`lidagi mas`uliyatli faoliyatida yangi yutuqlar tiladi. 

O`zbekiston Prezidenti Nursulton Nazarboevning o`z mamlakati rahbari, samarali islohotlar asoschisi, jahon hamjamiyati tomonidan e`tirof etilgan global tashabbuslarning muallifi, shuningdek, Qozog`iston–O`zbekiston strategik sheriklik munosabatlarining asoschisi sifatida katta hurmat va e`tirofga sazovor bo`lganini ta`kidlagan.

O`z navbatida Nazarboev samimiy so`zlari uchun minnatdorchilik bildirgan va ikki mamlakat qardosh xalqlari o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini yuqori baholagan.

    Boshqa yangiliklar