4 iyul kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yosh sportchi yigit kanalga cho`kib ketdi. Bu haqda viloyat prokuraturasiga tayanib, «Sirdaryo xabarlari» nashri xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, haqiqatan 4 iyul kuni taxminan soat 17:30 larda Guliston shahar «Navbahor» mahallasida yashovchi, Olimpiya zaxiralari kolleji 2-bosqich talabasi, 16 yoshli B.A. (o`g`il bola) shaharning «Do`stlik» mahallasi hududidan oqib o`tuvchi Do`stlik kanaliga cho`milish uchun borib, o`zining ehtiyotsizligi oqibatida cho`kib ketib, vafot etgan.
«Hozirda Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.






