AsosiyJamiyat

Anomal ob-havo sabab Chotqolda yong`in sodir bo`ldi

'Anomal ob-havo sabab Chotqolda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

 Joriy yilning 5 iyul kuni Chotqol davlat biosfera qo`riqxonasining dengiz sathidan 1500-1700 metr balandlikdagi Teraklisoy hududida anomal ob-havo ta`sirida yong`in chiqqan. Bu haqda Davlat ekologiya qo`mitasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qariyb bir gektarni egallagan yong`inda asosan qurigan o`t-o`lanlar yongan, ko`p yillik daraxtlarga zarar etishining oldi olingan. 2021 yilning 6 iyul holatiga yong`in to`liq o`chirilgan. 

"Hodisa natijasida jarohatlanish qayd etilmadi",–deyiladi qo`mita axborotida.  

Boshqa yangiliklar