AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida “Nexia” yonib ketdi

'"Qamchiq" dovonida “Nexia” yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 6 iyul kuni soat 17:00 da “Toshkent-O`sh” xalqaro avtomobil` yo`lining 246-kilometri, ya`ni “Qamchiq” dovonida “Nexia” rusumli  avtomobil` yonib ketdi. Bu haqda FVV Axborot xizmati ma`lum qildi.

Besh kishidan iborat yo`lovchilar avtomobil` salonidan o`z vaqtida chiqib ketishga muvaffaq bo`lganlar. Bir necha daqiqa ichida yong`in sodir bo`lgan joyga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari etib kelib, qisqa vaqtda yong`inni bartaraf etdilar.    

Avtomobildagi yo`lovchilar tan jarohati olmagan. Qutqaruvchilar ularga barcha zarur yordamlarni ko`rsatdilar.

 Aniqlanishicha, yong`in avtomobilning dvigatel` qismidagi elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida sodir bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar