6 iyul kunidan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida uzoq va qisqa muddatli uchrashuvlari vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Zamon.uz ma`lum qildi.
Respublikamizda koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemik vaziyat bir muncha yomonlashganligi sababli, joriy yilning 6 iyul kunidan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o`tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq va qisqa muddatli uchrashuvlari vaqtincha to`xtatiladi. Buning o`rniga ularning iltimosiga qarab telefon orqali so`zlashuvlar tashkillashtiriladi.
Jazo muddatini o`tayotgan shaxslarning advokat, tergovchi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan uchrashuvlari karantin qoidalariga qat`iy amal qilingan holda, maxsus xonalarda tashkil etiladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi JIKning 78-moddasi talablariga muvofiq, jazo muddatini o`tayotgan shaxslarga jo`natiladigan posilka, yo`qlov yoki banderollar pochta xizmatlari orqali qabul qilinadi.






