Samarqandda profilaktika inspektori 15 kg.dan ortiq giyohvandlik moddalarini aniqladi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Urgut tumani bo`yicha IIO FMB profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolarning xonadonlarida profilaktik tadbirlar o`tkazish davomida, tumanning “Pochvon” mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug`ilgan S.A. o`zini shubhali tutganligi sababli, uning yoni tekshirilganida, cho`ntagida 4 dona gugurt qutida marixuana giyohvandlik moddasi borligi, surishtiruv davomida u ushbu giyohvand moddalarini tanishi B.A.dan olganligi aniqlangan.
B.A.ning xovlisi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, tomorqasida 76 tup kannabis giyohvandlik o`simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu shaxsning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganida, javonida 15 kg marixuanna (sof og`irligi 11 kg. dan ortiq) giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov xarakatlari davom ettirilmoqda.






