AsosiyJamiyat

Vaziyat og`irlashmoqda: O`zbekistonda 471 nafar kishida koronavirus, 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, 4 nafar bemor esa vafot etdi

'Vaziyat og`irlashmoqda: O`zbekistonda 471 nafar kishida koronavirus, 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, 4 nafar bemor esa vafot etdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 471 nafar kishida koronavirus, 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 6 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114039 (+471) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-26 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-10 nafari Andijon viloyatida,

-12 nafari Buxoro viloyatida,

-51 nafari Jizzax viloyatida,

-15 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-10 nafari Navoiy viloyatida,

-15 nafari Namangan viloyatida,

-37 nafari Samarqand viloyatida,

-20 nafari Sirdaryo viloyatida,

-19 nafari Surxondaryo viloyatida,

-20 nafari Farg`ona viloyatida,

-10 nafari Xorazm viloyatida,

-52 nafari Toshkent viloyatida,

-174 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 109676 (+327) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.

 

    Boshqa yangiliklar