O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati O`zbekistonga kirib kelishi kutilayotgan salqin havo massalari haqida xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ertaga, 8 iyulda O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 9-10 iyulda respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali kavkaz hududlari ustida shakllangan deyarli salqin havo massalari kirib keladi.
Shuningdek, qayd etilishicha, bugun, 7 iyulda Qoraqalpog`iston bo`yicha, 8-10 iyulda respublikaning barcha hududi bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.






