Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko`ra, G`ijduvon tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.H. to`rt nafar fuqaroning ishonchiga kirib, 2021 yilning mart oyida 59,8 mln so`mlik qora mollarini pulini berish sharti bilan so`yib yuborgani aniqlangan. U go`sht mahsulotlarini sotib, pullarni o`zining ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.