AsosiySport

Buxorolik taekvondochi Jasmina Jahon kubogida ishtirok etadi

'Buxorolik taekvondochi  Jasmina Jahon kubogida ishtirok etadi'ning rasmi

Kuni kecha  “Bukhara news” telegram kanali orqali taekvondo ITF sport turi bilan shug`ullanib kelayotgan buxorolik 16 yoshli qiz Jasmina Umarovna Jumaevaning 2020 yil sentyabr oyida otasi vafot etgani, onasining sog`ligida muammolar borligi, shu sababli iqtidorli sportchi qizni O`zbekiston taekvondo ITF Milliy Assosiasiyasi o`z qaramog`iga olishi so`ralgan murojaat e`lon qilingan edi.

Unda 2005 yilda tug`ilgan  Jasminaning 2015 yildan beri taekvondo ITF sport turi bilan shug`ullanib kelayotgani aytilgan. Mazkur murojaatga Turizm va sport vazirligi o`z munosabatini bildirdi.  Unda aytilishicha, Jasmina  shu kungacha ko`plab faxrli o`rinlarni qo`lga kiritgan. Jumladan, 5 karra O`zbekiston chempioni, Belarusning Minsk shaxrida 2018 yilda bo`lib o`tgan jahon kubogida 2-o`rin sohibasi, Qozog`istonning Olmaota shahrida o`tkazilgan Osiyo kubogida 1-o`rinni qo`lga kiritshgan. Shuningdek, Qozog`istonning Qarag`anda shahrida bo`lib o`tgan Xalqaro turnirda faxrli 1-o`rin sohibi bo`lgan. I DAN qora belbog` sohibasi, sport ustasi.

Mazkur murojaat O`zbekiston taekvondo ITF Milliy assosiasiyasi tomonidan o`rganib chiqildi hamda Jasmina Jumaevaga assosiasiya tomonidan amaliy yordam ko`rsatilishi aytilmoqda. Xususan, iqtidorli sportchining Jahon kubogiga borishiga amaliy yordam berilishi ma`lum qilindi.

Boshqa yangiliklar