O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OTT (Over the Top) platformasida “Hidoyat sari” ilmiy-ma`rifiy virtual telekanali tashkil etildi. Mazkur yangi kanal onlayn rejimda faoliyat olib boradi.
MTRK raisi Alisher Xadjaevning feysbukdagi sahifasida bu haqida ma`lum qilingan. Qayd etilishicha, ushbu kanalni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarni yot g`oyalar ta`siridan himoya qilish, ularni sog`lom e`tiqod va milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalash, bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, shuningdek, yoshlarning madaniy-ma`rifiy, diniy bilimlarini oshirishdan iboratdir.
“Hidoyat sari” telekanalida tegishli ilmiy, diniy ekspertizalardan o`tkazilgan, efirga uzatilgan va bugungi kunda MTRK Arxiv fondida saqlaniyotgan telemahsulotlar namoyish etiladi.






