AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kuchli shamol bo`lishi kutilmoqda: FVV fuqarolardan ko`chaga chiqmaslikni so`ramoqda

'O`zbekistonda kuchli shamol bo`lishi kutilmoqda: FVV fuqarolardan ko`chaga chiqmaslikni so`ramoqda'ning rasmi

Avvalroq, "O`zgidromet" yurtimizda kuzatiladigan changli bo`ron haqida ogohlantirgani haqida xabar bergan edik. 

Xabarda 7 iyulda Qoraqalpog`istonda, 8-10 iyul kunlari respublikaning barcha hududlarida ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi. Ba`zi joylarda esa changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha etishi aytilgandi. 

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan kuchli shamol kuzatilganda ko`chada harakatlanmaslik, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo`lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo`yishni so`ramoqda.

"O`zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan  asrang",– deyiladi FVV axborotida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar