AsosiyJamiyat

Elektr ta`minotidagi uzilishlar bartaraf etiladimi?

'Elektr ta`minotidagi uzilishlar bartaraf etiladimi?'ning rasmi

Shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida jazirama issiq kuzatilmoqda. Bu avtomatik qurilmalarning katta yuklama bilan ishlashi, natijada favqulodda avariyali holatlar yuzaga kelishiga olib kelmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha tarkibiy korxonalari tomonidan bu kabi muammolarni bartaraf etish, elektr ta`minotidagi uzilishlarni oldini olish bo`yicha choralar ko`rmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi ma`lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, joylardagi podstansiyalar, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari to`liq ko`rikdan o`tkazilib, yuzaga kelayotgan favqulodda uzilish va nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar