Turkmanistonda 18 yoshdan katta odamlar uchun koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etilmoqda, deb xabar qildi hukumatning "Neytralny Turkmenistan" gazetasi, deya yozmoqda Ria Novosti.
"18 yoshdan katta bo`lgan barcha odamlar, agar COVID-19 ga qarshi profilaktik emlashni olish uchun tibbiy qarshi ko`rsatmalar bo`lmasa, ular emlanadilar", - deyiladi Turkmaniston Sog`liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi axborot markazida.
Vaksinaning har qanday tarkibiy qismlariga allergik reaksiyasi bo`lganlar, emizish davrida homilador ayollar va 18 yoshgacha bo`lgan odamlar, shuningdek, isitmasi yuqori bo`lgan, o`tkir va surunkali kasalliklar mavjud bo`lgan shaxslar emlashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, mamlakatda COVID-19 ga qarshi profilaktika vaksinalarining zarur zahirasi yaratilganligi va aholini ushbu infeksiyaga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrab olish ishlari davom etayotgani qayd etildi.
Undan oldin, bir necha oy davomida, Turkmanistonda xavf guruhidagi odamlar va qariyalar koronavirusga qarshi o`z xohishiga ko`ra emlangan. Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra, odamlar Rossiya ("Sputnik V") va Xitoy vaksinalari bilan emlanmoqda.
Turkmanistonda koronavirusning yangi turini yuqtirgan holatlar qayd etilmagan, deydi rasmiylar. Shu bilan birga, mamlakatda niqobli rejim va savdo, xizmat ko`rsatish va transportga qator cheklovlar joriy etildi. Hozirda ba`zi cheklovlar bekor qilindi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Tojikistonda 18 yoshdan oshganlarni koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etilgani xabar qilingan edi. Kuni kecha bo`lib o`tgan brifingda Nurmat Otabekov O`zbekistonda ham koronavirusga qarshi maeburiy emlashni joriy qilish lozimligi haqida gapirgan edi.






