AsosiyJamiyat

Alisher Qodirov: "O`zbekistonda shanba va yakshanba kunlarini haqiqiy dam olish kunlariga aylantirishga erishish kerak!"

'Alisher Qodirov: "O`zbekistonda shanba va yakshanba kunlarini haqiqiy dam olish kunlariga aylantirishga erishish kerak!"'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Islandiyada ishchilarning ish haqini kamaytirmagan holda, to`rt kunlik ish haftaligiga o`tkazish bo`yicha tajribaning yakuniy natijalari e`lon qilindi. 

Britaniyaning “Autonomy”  ilmiy – tadqiqot  markazi, Islandiyaning (Alda) barqaror rivojlanish va demokratiya assosiasiyasi bilan hamkorlikda barcha ma`lumotlarni to`plab, ushbu tajribani amalga oshirgan. 

Bu tadqiqotda Islandiya mehnat bozorining 1 foizini tashkil etuvchi 2,5 mingga yaqin ishchilar ishtirok etgan. To`rt kunlik ish haftasiga o`tishda ish vaqti 40 soatdan, 35-36 soatgacha qisqartirilgan.  Tadqiqotchilar tajribadan so`ng ishchilarning  unumdorlik darajasi oshgani, turmush sifati sezilarli darajada yaxshilangani, stress va charchoq sezilarli kamayganini aytmoqdalar.  

Avvalroq shunday tajriba Yaponiya va Yangi Zelandiyada ham huddi shunday natijalarga olib kelgan ekan. Bu haqdagi ma`lumotlardan so`ng, "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov ushbu masalada o`zining ayrim mulohazalarini yuritdi.  

"O`zbekistonda bu mavzuda nima deyish mumkin?  

O`zbekistonda shanba va yakshanba kunlarini haqiqiy dam olish kunlariga aylantirishga erishish kerak.  

Tan olish kerak, mehnat unumdorligi, xodimning foydalilik darajasi yoki kreativ echimlar topish masalasida, ayniqsa davlat xizmatida, etarli muammolar bor.  

Sabablardan biri sifatida xodimni etarli dam olmasligi va stress darajasining yuqori ekanligini rad etib bo`lmaydi!  

Shuningidek, xodim nega ish vaqti tugaganidan keyin uyiga shoshilmasligini ham aniqlash kerak: xodim kunlik vazifani bajaraolmaydimi yoki boshqaruv kundalik vazifani to`g`ri qo`ymaydimi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi ustida ish olib borilayotganligi ayni muddao.  

Bu masalalarga o`zimizni aldamasdan echim topishimiz kerak…"- deydi deputat rasmiy sahifasida qoldirgan munosabatida. 

    Boshqa yangiliklar