AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 490 nafar kishida koronavirus, 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Ikki inson vafot etdi

'O`zbekistonda 490 nafar kishida koronavirus, 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Ikki inson vafot etdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 490 nafar kishida koronavirus, 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 7 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114529 (+490) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-33 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-27  nafari Andijon viloyatida,

-21 nafari Buxoro viloyatida,

-37 nafari Jizzax viloyatida,

-21 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-10 nafari Navoiy viloyatida,

-20 nafari Namangan viloyatida,

-31 nafari Samarqand viloyatida,

-22 nafari Sirdaryo viloyatida,

-22 nafari Surxondaryo viloyatida,

-19 nafari Farg`ona viloyatida,

-13 nafari Xorazm viloyatida,

-48 nafari Toshkent viloyatida,

-166 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 110041 (+365) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 760 nafarni tashkil qildi.

 

    Boshqa yangiliklar