AsosiyJamiyat

Samarqandda 17 yoshli o`spirin internetdagi qimorda yutqazib qo`ygach, o`zini osib o`ldirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

'Samarqandda 17 yoshli o`spirin internetdagi qimorda yutqazib qo`ygach, o`zini osib o`ldirgani yuzasidan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

 “Daryo.uz” saytining Qashqadaryo viloyati bo`yicha muxbiri Otabek Qo`ldoshev 2021 yilning 15 may kuni Pastdarg`om tumanida 17 yoshli o`spirin bola internetda avj olgan totalizatorda (qimor o`yni dastgohi) katta miqdorda pul yutqazib, boshqalardan qarz bo`lib qolganligi sababli o`z joniga qasd qilganligini bildirib, bu haqida batafsil ma`lumot olish bo`yicha Bosh prokuraturaga murojaat qilgan.  

So`rov bo`yicha darhol axborotni taqdim etish maqsadida Samarqand viloyati prokuraturasi bilan bog`lanilganida bunday holat rasman ro`yxatdan o`tkazilmaganligi ma`lum bo`ldi, deya holat yuzasidan axborot berdi Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov. 

Shundan so`ng zudlik bilan o`rganish ishlari o`tkazilgan. 

Aniqlanishicha, 2021 yil 15 may kuni Pastdarg`om tumani, “Yangiobod” mahallasida yashab kelgan 18 yoshli o`spirin o`z uyning yordamchi xo`jalik xonasida o`zini osib, joniga qasd qilgan.

Biroq, yaqinlari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qilmasdan, shu kuni mahalliy urf odatlarni o`tkazgan holda marhum qabristonga dafn etilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 7 iyul kuni Pastdarg`om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o`tkazishga kirishilib, hodisa haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o`z vaqtida murojaat etilmaganligi yuzasidan tuman xalq ta`limi bo`limi, obodonlashtirish bo`limi,  oila va mahallani qo`llab quvvatlash bo`limi va IIBga xizmat tekshiruvlari tayinlandi.  

 

    Boshqa yangiliklar